O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025-yil 16-oktabr kunlari “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
Konferensiya doirasida quyidagi sho‘balar ish olib boradi:
-
Kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishining asosiy mezonlari: ijtimoiy-siyosiy tahlil
-
Fuqarolik jamiyatini shakllanishida fuqarolar va jamoatchilik faolligini oshirishning dolzarb masalalari: xalqaro tajriba va istiqbol
-
O‘zbekistonda kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishining ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslari: muammo va yechimlar
-
Uchinchi sektorning jamiyat ijtimoiy modernizatsiyasidagi ishtiroki, ko‘ppartiyaviylik va ijtimoiy sheriklik
Konferensiyada ishtirok etishni xohlovchilar maqolalarni 2025-yil 30-sentabrga qadar quyidagi manzilga yuborishlari so‘raladi:
Telegram guruh: https://t.me/siyosiy_fanlar_konf yoki siyosiyfanlar@mail.ru / Tel: +998 90 322 92 09
Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li, 21-A uy