O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025-yil 22-oktabr kunlari “Jurnalistikada yangi trendlar: sun’iy intellekt va “posthumanizm” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o'tkaziladi.
Konferensiya doirasida quyidagi sho‘balar ish olib boradi:
1-sho‘ba. Sun’iy intellektning jurnalistika jarayonlariga integratsiyasini o‘rganish;
2-sho‘ba. Posthumanizm davrida jurnalistik axloqiy me’yorlarini shakllantirish;
3-sho‘ba. Turli mamlakatlarda sun’iy intellektdan foydalanish tajribalarini tahlil qilish va qiyoslash;
4-sho‘ba. Amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va jurnalistika sohasi uchun ilg‘or texnologik echimlarni taklif qilish;
5-sho‘ba. O‘zbek jurnalistikasining zamonaviy talablarga moslashuvchanligini ta’minlashga oid strategiyalar ishlab chiqish.
Konferensiyada ishtirok etishni xohlovchilar maqolalarni 2025-yil 10-oktabrga qadar quyidagi telefon raqamiga yuborishlari so‘raladi:
Tel: 97 777 80 54
Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li, 21-A uy.
(https://maps.app.goo.gl/hwMngZhDYgxKPumCA)