Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida barcha xorijiy tillari qatori arab tilini ham mukammal oʻrgatiladi. Hattoki bu borada universitet talabalari ham oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Elyor Izzatillayev ham ana shunday faol talabalardan biri deyish mumkin.  

U yaqinda universitet talabalari oʻrtasida "Arab tili musobaqasi" tanlovini eʼlon qilgan edi. Tanlov shartlariga koʻra talabalar qiroat tarjima va intellektual oʻyinlar orqali oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishlari kerak boʻldi.

Tanlovning barcha shartlarini mukammal bajargan talabalar musobaqaning gʻolibi deb Marupov Abdulloh, Majidxonov Musaxon va Qambaraliyeva Azizalar tanlab olindi.Bugun esa mazkur gʻoliblarni universitetning Tarjimonlik fakultetida taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

2023-10-07 10-26

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi