19-mart kuni Xitoyning Shitszyachjun fan va texnologiyalar kasb-hunar kolleji vakillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda bir qator muhim mavzular muhokama qilindi. Ular orasida O‘zDJTUga til sohiblarini yuborish, ikki tomonlama ilmiy tadqiqotlar olib borish, O‘zDJTU o‘qituvchilarining malakasini oshirish va stajirovka o‘tash uchun kollejga yuborish kabilar o'rin oldi. Shuningdek, Xitoy tili bo‘yicha tarjimonlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, O‘zDJTU talabalariga grantlar ajratish, talabalar amaliyotini ikki ta'lim muassasasida tashkil qilish, shuningdek, talabalar va tadqiqotchilar uchun rus yoki o‘zbek tili va madaniyati bo‘yicha qishki va yozgi maktablarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

2024-03-20 01-51

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi