5-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti yillik hisobot topshirdi. 

 

 

Dasturda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Tarjimonlik fakulteti dekani, dekan muovini va boshqa mas’ullar ishtirok etdi. 

 

 

Yig‘ilishda Tarjimonlik fakulteti dekani tomonidan fakultetning 2023-2024 oʻquv yilida qilingan oʻquv va oʻquv uslubiy ishlar hisoboti taqdim etilib, talabalar kontingenti, kafedra yuklamalari, oʻquv-uslubiy ishlar, til bilish sertifikatlari, Yada va BMI himoyasi, qayta oʻqishni tashkil etish, akademik mobillik kabilar haqida ma’lumot berildi. 

 

 

Shuningdek, fakultetning yangi oʻquv yili uchun belgilab olgan reja va maqsadlari muhokama qilindi.

2024-08-02 01-46

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi