Hurmatli ilmiy va innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovinlari, iqtidorli talabalar va magistrlar DIQQATIGA!
2023-yil 26-oktyabr kuni 13:00 da Tarjimonlik fakulteti 204-maʼruzalar zalida NOMDOR va UNIVERSITET STIPENDIYALARI toʻgʻrisida davra suhbati boʻlib oʻtadi.

Davra suhbatida quyidagi masalalar koʻriladi: 1- quyidagi stipendiyalar haqida maʼlumot:
✅ Bir semestrlik va oʻquv yili yakuni boʻyicha bir marotabalik talabalar stipendiyasi (“Rektor stipendiyasi”, “Ijodkor talaba stipendiyasi” “Tarjimon talaba stipendiyasi” hamda “13-stipendiya”)
✅ “Prezident” (bakalavr va magistr talabalari uchun), “Navoiy”, “Islom Karimov” stipendiyalari
✅ “Prezident granti” ga sazovor boʻlish yuzasidan maʼlumot beriladi;
✅ nomzodlarga qoʻyiladigan talablar va qaysi jihatlar eʼtiborga olinishi tushuntiriladi;
2- maqola yozish va chop ettirish masalalari xususida.
✅ Maqola va tezisning farqi
✅ Maqola yozish tartibi
✅ IMRAD talabi asosida maqola yozish
✅ Maqolalarni nashr qildirish masalalari

2023-10-22 08-08

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi