Sharq filologiyasi fakulteti, Yapon filologiyasi kafedrasi dotsenti Ibragimova Malika Musayevna 2024-yil 20-yanvardan 27-yanvargacha Yaponiyaning JASSO (Japan Student Services Organization) tashkiloti qoshidagi Yapon tilini o‘qitish markazida ma’ruza o‘qish va yapon tilidan dars o‘tish maqsadida Yaponiyada xizmat safarini amalga oshirmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, JASSO qoshidagi Yapon tilini o‘qitish markazida chet ellik oʻqituvchilar va talabalar yapon tilini o‘rganib, malaka oshirishadi. 

 Ayni vaqtda Ibragimova Malika Musayevna ushbu markazda yaponiyalik va chet ellik o‘qituvchilarga “O‘zbekistondagi yapon tili o‘qitish tizimi, til o‘qitish metodlari” mavzusida ma’ruza o‘qib, chet eldagi talabalarga dars o‘tib, yapon tili darslarini kuzatib, tajriba almashmoqda.

2024-01-29 04-12

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi