16-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 60320200 Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy imtihonlarda xorijiy va nodavlat OTMda tahsil olayotgan, hamda o‘qishni O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar ta’lim yo‘nalishida davom ettirish istagida bo‘lgan talabalar imtihon topshirishdi.
O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov imtihon jarayonlarida ishtirok etdi va talabgorlarga omad tiladi.
Shuningdek, Kasbiy (ijodiy) imtihonda komissiya raisi, a’zolari, O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov ishtirok etdi va talabgorlarning bilimini sinovdan o‘tkazishdi.
2024-08-19 02-18