Ingliz filologiyasi fakultetida oʻqituvchilar uchun seminarlar davom etmoqda.
Bugungi seminarda: Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Valijon Alijonovich Saʼdiyev, Ma'naviy ishlar bo'yicha bo'lim boshlig'i Bahodir Eshbekov, "Komplayens-nazorat tizimini boshqarish bo'lim boshlig'i Bahodir Hoshimov shuningdek, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Davron Muitov soʻzga chiqdilar.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan videoselektor yigʻilishidagi maʼruzasi mazmun-mohiyati haqida va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va shu kabi mavzularda qizg'in savol-javob tarzida muhokamalar bo'lib o'tdi.
2024-01-08 05-08