INTI xalqaro universiteti stajirovkasi oldidan talabalarga ko‘rsatmalar berildi
2025-yil 31-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Malayziyaning INTI xalqaro universitetida 2 oy davomida stajirovka o‘tash uchun jo‘nab ketayotgan talabalar bilan yig‘ilish tashkil etildi.
Unda talabalarga safar davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan tartib-qoidalar, migratsiya qonunchiligi talablari, shuningdek, O‘zbekiston va universitet nufuzini munosib namoyon etish borasida zarur ko‘rsatma va yo‘riqnomalar berildi.
Yig‘ilishda Xalqaro hamkorlik bo‘limi mas’ul xodimi M. Ogay va stajirovka davomida talabalarga hamroh bo‘luvchi guruh rahbari Yoqutxon Sharipova ishtirok etib, dastur shartlari va muhim topshiriqlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etdilar.
Mazkur stajirovka talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash va xalqaro tajriba orttirishlariga xizmat qiladi.