O'zDJTU da "O'zbekiston-2030" strategiyasi doirasida "Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo'ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida O'zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisining ayollar masalalari bo'yicha o'rinbosari Nazira Israilova moderator sifatida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi a'zosi Gulshana Xudoyarova, IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi muhim topshiriqlar bo'yicha inspektori Nazokat Tojiyeva, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo'yicha respublika markazi direktori Muqaddam Rasulovalar ekspert sifatida ishtirok etdi va nutq so'zladi. 

Dastur davomida "O'zbekiston-2023" strategiyasida ayollar masalasi, Jamiyatda xotin-qizlar huquq va manfaatlarini ta'minlash, himoya orderi va uning berilish tartib-qoidalari mavzularida so'z yuritildi va muhokama olib bordi. 

Yakunda videoroliklar namoyish etildi va talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

2023-11-29 04-15

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi