18-dekabr kuni OʻzDJTUda, Axborot-resurs markazi direktor oʻrinbosari M.Muxamedjonova, boʻlim mudiri Sh.Ismailova, 2-toifali kutubxonachi N.Abduraximova hamda Ingliz tili 1-2-fakultet tyutorlari D.Matyakubova, M.Askarova, O.Artikova, X.Madaminova, R.Uzoqova, Sh.Abramatovalar va talabalar ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.

Talabalar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan kitobxonlik haftaligida mashhur ingliz yozuvchisi Mark Tvenning tavalludi munosabati bilan uning ijodi va hayoti borasida davra suhbati tashkil etildi.

 Tadbirda Axborot-resurs markazi xodimlari hamda fakultet tyutorlari talabalarga yozuvchining asarlari va u haqidagi maʼlumotlarni soʻzlab berishdi. Tadbir davomida talabalar oʻqigan asarlari haqida soʻzlab berishdi.

 Tadbir soʻngida eng yaxshi kitobxon deb topilgan D.Ismailova, Sh.Alixonovalar badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandilar. 

 

 

2023-12-18 06-44

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi