24-fevral kuni O'zDJTU Tarjimonlik fakultetida 2-bosqich talabalari uchun  malakaviy amaliyot bo'yicha ochilish konferensiyasi o'tkazildi. 

Konferensiya yo'nalishlar kesimida jadval asosida tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekan o'rinbosarlari Y.Azzamov, Sh.Nazarov, S.Ibragimov, M.Isomiddinov, kafedra mudirlari L.Xoliyorov, M.Baxtiyarov. K.Qodirova, B.Ergasheva, malakaviy amaliyot rahbarlari, guruh tyutorlari va barcha yo'nalish talabalari ishtirok etdi. 

Malakaviy amaliyot nizomi, yo'riqnomasi, amaliyot rejasi va talab etiladigan vazifalar hamda hujjatlar to'g'risida talabalarga to'liq ma'lumot berildi. Talabalar 26-fevraldan boshlab 4 haftalik malakaviy amaliyot o'tash uchun yuboriladi.

2024-02-26 02-05

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi