Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “2024-yil Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” doirasida FVV Akademiyasi hamda O’zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti hamkorligida "Alisher Navoiyning merosi, madaniyati hamda o’zbek davlatchiligida tutgan o’rni yoshlar nigohida" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida O’zDJTU iqtidorli talabalari tomonidan “Nаvoiy va Guli” sahna ko’rinishi va bir necha tillarda g’azal ijro etildi.

O’zbekiston Qurolli kuchlar akademiyasi kursantlari tomonidan “Alisher Navoiy” haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi va qo’shiq aytildi.

Tadbirda Ingliz tili uchinchi fakulteti yoshlar masalalari bo’yicha dekan muovini N.Kadirova, Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi katta o’qituvchi D.Kamalova va tyutorlar Sh.Hamdamova, N.Xodjaeva, N. Ilyasovalar ishtirok etishdi.

Tadbir so’ngida FVV Akademiyasi tomonidan tadbir ishtirokchilariga  “Tashakkurnoma” berildi.

2024-02-12 05-20

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi