2023 yil 20-22 oktabr kunlari Germaniyadagi O‘zbekiston  elchixonasi tashabbusi bilan Berlin shahrida “O’zbek tili haftaligi” doirasida Gumboldt universiteti va Germaniyadagi O’zbekiston elchixonasida tadbirlar bo’lib o’tdi. 
Tadbirlarda O’zbekiston Davlat jahon -tillari universiteti, amaliy fanlar kafedrasi o’qituvchisi adabiyotshunos va tarjimon,Hafiza Qo’chqorova va universitet tadqiqotchisi, ingliz tilini o’qitish metodikasi va ta’lim texnologoyalari kafedrasi katta o’qituvchisi Gulrux Elmuradova ishtirok etishdi.
  Unda Gumboldt universiteti Osiyo va afrikashunoslik fakulteti Markaziy Osiyo bo‘limi professor-o‘qituvchilari, o‘zbek tilini o‘rganayotgan xorijlik talabalar, shuningdek tilshunos va adabiyotshunoslardan iborat ona tilimizning jonkuyarlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Gumboldt universiteti Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari professor Maks Shtefan-Emmrix, o‘zbek tili o‘qituvchisi doktor Ayfer Durdu xonim o‘zbek tilini o‘rganish universitetda bugun an’anaga aylangani, bu yerda nafaqat o‘zbek tilini balki, o‘zbek madaniyati, tarixi, urf-odatlarini o‘rganishga qiziqish ortib borayotganini ta’kidladilar.


Tadbir dasturiga ko‘ra ishtirokchilar e’tiboriga O‘zbekistondan kelgan adabiyotshunos va madaniyat arboblari tomonidan turli mavzularda chiqishlar taqdim etildi, shuningdek o’zbek shoirasi Farida Afro’z she’riyatidan namunalar o’zbek tilida va Hafiza Qo’chqorova tomonidan nemis tiliga qilingan tarjimalari o’qib eshittirildi.Tarjima nemis mutaxassislari tomonidan zo'r qiziqish bilan tinglanib, yuksak baho berildi. O’zbekiston Davlat jahon tillari universiteti tadqiqotchisi Gulrux Elmuradova esa “O’zbek tilshunosligida turizm matnlarining lingvomadaniy jihatlari ” nomli ma’ruzasida aholida bugungi o’zbek tilshunosligidagi asosiy jabhalardan bo’lgan turizm sohasidagi yangi so’zlarga doir ko’nikmalar shakllanishi borasida so’zladi, shu bilan birga o'zbek san'atidan namunalar ijro etdi.

2023-11-08 02-27

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi