O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Registrator ofisi” xodimlari “Bunker Academy” tomonidan tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari ko‘rgazmasida ishtirok etdi
31-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Registrator ofisi” xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari “Bunker Academy” ta’lim markazi taklifiga binoan Toshkent shahridagi “Hilton” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalari ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Mazkur tadbir doirasida ishtirokchilarga universitet faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, xorijiy tillar bo‘yicha ta’lim berish tizimi hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, universitet stendi orqali targ‘ibot materiallari tarqatilib, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Tadbir universitetning ochiqligi, xalqaro maydondagi nufuzini namoyish etish va kelajakdagi abituriyentlar bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish nuqtai nazaridan muhim platforma bo‘ldi.