O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va "O‘zbekiston" nashriyoti -matbaa ijodiy uyi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Mazkur kelishuv doirasida universitet va nashriyot o‘rtasida ilmiy, badiiy, o‘quv va metodik adabiyotlarni, xususan, o‘zbek tilidan xorijiy tillarga tarjima qilingan kitoblarni nashr etish bo‘yicha hamkorlik olib borilishi belgilandi.

 


 
Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi — o‘zbek yoshlari va ilmiy jamoatchilik uchun sifatli va zamonaviy tarjima adabiyotlarini yetkazib berish, tarjimonlik sohasida malakali kadrlarni tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatish hamda xalqaro ilmiy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlashdan iborat.
Imzolangan memorandum asosida ikki tomon o‘quv jarayoniga mo‘ljallangan yangi tarjima darsliklari, o‘zbek adabiyoti durdonalarini xorijiy tillarda chop etish, hamkorlikda ilmiy-ijodiy loyihalar amalga oshirishni rejalashtirgan.

 

 

Kelishuv O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini yanada chuqurlashtirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube