O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini sifatli tashkil etish va abituriyentlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rahbariyat a’zolari, fakultet dekanlari, Qabul komissiyasi hamda CALL markazi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur yig‘ilishda abituriyentlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida faoliyat olib borayotgan CALL markazining bugungi holati, amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, markaz orqali murojaatlarning tahlili, tezkorlik va aniqlik tamoyillariga asoslangan yondashuvlar alohida ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zDJTUda tashkil etilgan CALL markazi orqali abituriyentlar va ularning ota-onalari quyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:
Qabul jarayoni bo‘yicha to‘liq tushuntirishlar;
- Onlayn ro‘yxatdan o‘tish va hujjat topshirishda amaliy yordam;
- Ta’lim yo‘nalishlari va kirish talablari haqida aniq ma’lumotlar;
- Davlat test sinovlariga tayyorgarlik bo‘yicha maslahatlar;
- Ariza to‘ldirishdagi xatoliklarning oldini olish uchun ko‘rsatmalar;
- CALL markazi ish vaqti:
Dushanbadan – Shanbagacha, soat 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil: Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, G9-A, 21-uy
Telefon: +998 71 230 13 73
Yig‘ilish yakunida universitet rahbariyati tomonidan CALL markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, abituriyentlarga ko‘mak ko‘rsatishda yuqori darajadagi xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.