OʻzDJTU da navbatdagi Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi boʻlib oʻtdi
Mazkur seminarda Turayeva Feruza Tuxtamuradovnaning 10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “O‘zbekiston nodavlat matbuot nashrlarida ijodiy erkinlik va mas’uliyat uyg‘unligi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilinadi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.