Bugun OʻzDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Kafedra mudirlari, professor oʻqituvchilar va pedagog xodimlar uchun “Kredit modul tizimiga kirish”, “Hemis tizimida pedagoglar faoliyati va oʻzlashtirishlarni baholash” kabi bir qator mavzularda amaliy seminar treninglar tashkil etildiю

Mashgʻulotlarda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor M.Chutpulatov, A. Matyoqubov, O.Adinayev, A.Umarov, T.Omonov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Yusupov, K.Muradkasimov, S.Saidov, I.Kaxxarova va boshqa qator mutaxassisilar Moderator sifatida ishtirok etdi va maʼruza qilishdi.

Shuningdek, mashgʻulotlarga kuzatuvchi sifatida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etib, tatbiq etilayotgan darslar va ularning maqsad va mohiyati haqida oʻz fikrlarini bildirdi. 

Eslatib oʻtamiz, bunday darslar universitetning barcha fakultetlari Kafedra mudirlari, professor oʻqituvchilari uchun tashkil etilmoqda.

2023-12-27 03-24

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi