O‘zDJTU: Ingliz tili uchinchi fakulteti bitiruvchilariga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalar topshirildi (dolzarb 90kun)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-sonli “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur qarorga asosan, universitetning Ingliz tili uchinchi fakultetida davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchi talabalarga ishga joylashish bo‘yicha rasmiy yo‘llanmalar tantanali tarzda topshirildi.
Tadbirda Registrator ofisi Xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i A. Ahmedov, bo‘lim menejerlari, fakultet dekanati xodimlari hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdi.
Yo‘llanmalar topshirilishi — bitiruvchilarning kasbiy faoliyatga yo‘naltirilishini jadallashtirish, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar sifatida tayyorlash va ta’lim hamda amaliyot o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlashda muhim bosqich hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur yo‘llanmalar bitiruvchining kelgusida ishga joylashishi, shuningdek, oliy ta’lim muassasasining mehnat bozoridagi obro‘sini mustahkamlashga xizmat qiladi.