1-fevral kuni OʻzDJTU Kengashida yanvar oyida Ilmiy daraja olgan 6 nafar xodimlarga hamda 3 nafar professor va dotsent ilmiy unvonini olgan universitet xodimlariga diplomlari topshirildi. 

Ularga kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan gul va esdalik sovgʻalari, universitet tomonidan noutbuk taqdim etildi.

Shuningdek, rektor Ilxomjon Tuxtasinov kengashda universitetning 4 nafar fidoiy xodimlarini 60 yoshga toʻlganligi munosabati bilan tabrikladi va ularga esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Shu bilan birga, sport musobaqalari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan “Loyihalar tanlovi”da gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talaba-yoshlar ham eʼtirof etildi va ularga ham minnatdorchilik bildirildi.

2024-02-02 02-55

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi