O‘zDJTU Kengashining 10-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
4-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashning 10-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov raislik qildi.
Ilxomjon Tuxtasinov yig‘ilish avvalida universitet hayotida amalga oshirilayotgan ustuvor islohotlar, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy faoliyat samaradorligini kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va talabalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish masalalariga alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, u o‘quv yili yakuniga tayyorgarlik, davlat attestatsiyasi jarayoni, yozgi semestr tashkiloti, kafedra va fakultetlar faoliyatini tahlil qilish, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
Yig‘ilish davomida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, moliyaviy boshqaruv hamda tashkiliy masalalarga oid qator muhim masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida Kengash tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi va mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.