OʻzDJTU “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari talabalar xavfsizligi uchun doimgidek xizmatda.Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil oluvchi muddatli harbiy xizmatni oʻtagan talaba-yoshlardan tashkil topgan ʼʼQALQONʼʼ jamoatchilik guruhi aʼzolari tomonidan REYD tadbirlari hamda navbatchilik jarayonlari davom etmoqda.

QALQON jamoatchilik guruhi belgilangan tartibda ish olib bormoqda. Guruhning navbatchilik roʻyxati shakllantirilgan boʻlib, ularga topshirilgan hududlar yoʻnalishida xizmat olib bormoqda. QALQON jamoatchilik guruhi talabalarga universitet hududida, talabalar turar joylarida jamoat tartibini saqlash, sanitariya va ekologiya, yongʻin va harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

2024-02-01 03-51

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi