O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov hamda universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Djurayeva, fakultet Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari, xususan, Kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi D.Matyoqubov ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. 

Tadbir davomida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishida ko'tarilgan masalalar, jumladan, kiyinish madaniyati, universitet odob-axloq kodeksida belgilangan qoidalar bo'yicha suhbat o'tkazildi. 

Yakunda universitet Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan taklif sifatida kiritilgan dress-kod namunasi ishtirokchilarga taqdim etildi va mas'ullarga mazkur dress kod — universitet va Kasaba uyushmasi logotipi tushirilgan sharflarni O'zDJTUning barcha ayol o'qituvchilariga yetkazish vazifasi yuklatildi.

2023-12-26 02-23

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi