2023-yil 25-sentabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilkhomjon Tuxtasinov Birlashgan Arab Amirliklarining O’zbekistondagi elchixonasi iqtisodiy, siyosiy masalalar va ommaviy axborot vositalari bòlimi boshliģi Mohamed Alzaheriy va Birlashgan Arab Amirliklari universiteti professori Hamad bin Siroyni qabul qildi.

Muloqot chog’ida tomonlar mazkur davlat oliy ta’lim muassasalari bilan o’qituvchi, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, hamkorlikda BAAning jamg’arma va donor tashkilotlari moliyaviy ko’magida xalqaro loyihalarni amalga oshirish, talabalar uchun o’zbek tili va madaniyatiga oid qishki va yozgi maktablarni tashkil qilish va boshqa tomonlarni qiziqtirgan yo’nalishlarda o’zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Ushrashuvdan so’ng professor Hamad bin Siroy O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti arab tili o’qituvchilari va talabalari uchun “Amirlikning ijodkorlik meroslari” mavzusida taqdimot o’tkazdi.   

        

 

2023-09-25 05-21

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi