29-may, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi N°2 kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirokida psixologik trening mashgʻulotlari tashkil qilindi.
Trening mashgʻulotlarini oʻtkazishdan maqsad Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilari va xodimlaridagi psixologik zoʻriqish va kasbga doir charchoqni yengillashtirish chora-tadbirlarini amalda qoʻllash hamda murojaatlarga asosan rolli oʻyinlar oʻtkazishdan iboratdir.
Trening davomida pozitiv kayfiyat, ijobiy energiya, shaxsiy tahlil qilish holatlari yaratib berildi va koʻtarinki ruhda mashgʻulotlar qabul qilindi.
2024-05-30 05-01