24-may kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Culture and logistics" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir avvalida fakultet dekani Amrullo Karimov bugungi kunda logistika sohasining yurtimizdagi rivoji, sohaga berilayotgan e’tibor va bunda til bilish, kommunikatsiyaning o’rni haqida gapirib o’tdi.
Seminar-treningda Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti ta'lim yo'nalishi talabalariga logistika sohasida faoliyat yuritish haqida ma’lumotlar berildi. Logistika sohasida faoliyat yuritgan talabalar o'z tajribalari bilan bo’lishdi. Tadbir so’ngida talabalar bilan qiziqarli savol-javoblar, fikr almashish, munozaralar olib borildi.
2024-05-27 12-37