13-15 oktyabr kunlari Tojikiston Respublikasining Xoʻjand shahrida belbogʻli kurash boʻyicha 2003-2004 yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Quvonarlisi, mazkur dunyo birinchiligida Baxtiyor Turgʻunpoʻlatov murabbiyligida toʻliq tarkib bilan ishtirok etgan terma jamoamiz 21 ta davlatdan kelgan 300 nafarga yaqin sportchilar orasida 12 ta oltin, 3 ta kumush, 15 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida faxrli birinchi oʻrinni egallashdi. 
Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida mazkur gʻalabaga oʻzining munosib hissasini qoʻshgan sportchi va murabbiylar bilan uchrashuv tashkil etildi. 


Uchrashuvga Belbogʻli kurash yoʻnalishi boʻyicha jahon chempioni Kamronbek Nomozboev, Zokirjonov Asomiddin va Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod, Voleybol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiyi, professor Rahimqulov Karimjon tashrif buyurdi. 
Yigʻilishni Ingliz tili 2- fakulteti dekani B. Kulmatov ochib berdi. Unda ishtirok etgan talabalar sportchilarning gʻalabaga erishish yoʻli va maqsadlari bilan yaqindan tanishdi. Oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

2023-10-27 02-17

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi