O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti bilan hamkorlikda sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbir 4-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti rahbari Raximov Baxtiyor Ne’matovich, universitetimiz professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar, kursantlar va talabalar qatnashdi.

Dastlab, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tarzda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda talabalar va kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. 

Uchrashuv so‘ngida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida memorandum imzolandi. 

Shundan so‘ng, tadbirning badiiy qismi universitet hovlisida davom ettirildi. Dastur davomida kursantlar qo‘l jangi mashqlarini, harbiy orkestr jamoalari o’z chiqishlarini tomoshabinlarga namoyish qildi.

2024-04-05 02-06

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi