Bugun Fransiya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi vakili Serge Bellini hamrohligida Lion universiteti Xalqaro fransuz tadqiqoti markazi direktori Fransua Violay va Stendal universiteti Xalqaro fransuz tadqiqoti markazi direktori Gaelle Karsher O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad fransuz tili o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish, fransuz tilini o‘rganayotgan talabalar uchun yozgi maktablar tashkil qilish masalalarini muhokama qilishdir. Shu bilan birga, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Alisher Abidjanov joriy yilda O‘zDJTU da xorijiy talabalar uchun tashkil etiladigan amaliyot Lion va Stendal universitetlari talabalarini qabul qilishdan mamnun bo‘lishlarini alohida ta’kidlab o‘tdilar va universitet faoliyati to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdilar.

Uchrashuv so‘nggida  tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga kelishib olishdi.

2023-04-11 06-13

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi