Ayni vaqtda oliy ta‘lim sohasida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi. Tadbir Jahon banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston ta‘lim hamda fan vazirlari, vazir o‘rinbosarlari, Markaziy Osiyoning yetakchi universitetlari rektorlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, oliy ta‘lim sohasidagi mintaqaviy va xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham qatnashmoqda.

2023-09-21 10-57

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi