2024-yil 3-aprel kuni Ispaniya va Oʻzbekiston OTMlari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida “Xalqaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida vebinar boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori rektori prof. Ilxomjon Tuxtasinov qisqa nutq soʻzladi hamda 2023-yil 23-24-noyabr kunlari Kadiz universitetida boʻlib oʻtgan “Ispaniya-Oʻzbekiston rektorlari forumi doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish vaqti kelganligini taʼkidlab oʻtdi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston OTMlari rahbarlari va masʼul xodimlari, Ispaniya oliy taʼlimini xalqarolashtirish xizmati (SEPIE) tashkiloti direktori Dr. Alfonso Gentil, ushbu tashkilot direktor oʻrinbosari Fatima Terol hamda Ispaniya Qirolligining yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. 2 soatdan ortiq davom etgan vebinarda Ispaniyaning Alikante, Sevilla, Granada, Jaen, Salamanka, Valladolid, Almeria kabi nufuzli universitetlari hamda Evro-Arab jamgʻarmasi rahbarlari oʻz taʼlim muassasalari faoliyati haqida taqdimotlar tashkil etdilar va hamkorlik boʻyicha takliflarini ilgari surdilar. 

Vebinar ishtirokchilari 2024-yil 15-16-aprel kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida boʻlib oʻtadigan uchrashuvlarda muloqotni davom ettirish va hamkorlik istiqbollarini belgilab olishga kelishib oldilar.

2024-04-04 03-42

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi