Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 2023-yil 18-oktyabr kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi N.Djurayeva va barcha fakultet xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchilari tashabbusi bilan “Xotin-qizlar intellektual salohiyatini yuksaltirish – davr talabi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Anjumanda Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, texnika fanlari doktori, universitet “Olima” uyushmasi raisi S.Beknazarova “Yosh olimalar akademiyasi haqida”gi mavzusida, OʻzDJTU Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor R.Majidova “Olimlik ostonasi – orzu qilish, mehnatdan qoʻrqmaslik va moʻjizaga ishonishdan boshlanadi!” mavzusida maʼruza bilan ishtirok etishdi. Tadbirni universitet “Olima” uyushmasi raisi, professor D.Bobojonova olib bordi.

2023-10-18 09-30

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi