18 oktabr Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida “Zamonaviy taʼlimni raqamlashtirish: muammo va yechimlar”  mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.  Anjumanda quyidagi shoʻbalar ish olib bordi:

Zamonaviy taʼlimning dolzarb muammolari;Taʼlimda pedagogik faoliyatni psixologik modellalashtirish; Taʼlimni raqamlashtirishning pedagogik-psixologik asoslari;  Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi;Zamonaviy jamiyatda filologiya, tilshunoslik va didaktika.Ushbu konferensiyada xorijdan mutaxassislar ham ishtirok etishdi. Konferensiyaga respublikamizning barcha viloyatlaridagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tomonidan maqolalar taqdim etdi. Taqdim etilgan maqolalarda zamonaviy taʼlimning nazariy va amaliy muammolari, pedagogika nazariyasi va taʼlimotlar tarixi, taʼlimda innovatsiyalar, taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogik faoliyatda innovatsion texnologiyalar va taʼlimni raqamlashtirish muammolari kabi yirik masalalarni ijobiy hal etishning nazariy jihatlari ochib berilgan.

Mazkur konferensiya materiallaridan talabalar, magistrlar, tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda professor-oʻqituvchilar monografiyalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlashda foydalanishlari mumkin.

Jami 93 ta ilmiy maqolalar xalqaro konferensiya maqolalar toʻplamiga kiritildi.

2023-10-18 09-06

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi