“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

 

30-sentabr kuni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilar uchun konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Ulug’bek Azizov tabrik so‘zi bilan ochib berib, bir guruh ustoz va o‘qituvchi-murabbiylarga faxriy yorliqlar topshirdi. 
Shundan so‘ng, badiiy chiqishlarga navbat berilib, o‘qituvchi-murabbiylarni qutlash uchun bir qator ustoz san’atkorlar tashrif buyurdi. Ular  tomonidan tayyorlangan turli kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijrosi, ustozlarga bagishlov sherlar namoyish etildi.

Наши партнеры
Карта сайта