O'zDJTU professor-o‘qituvchilariga TEFL/TESOL sertifikatlarga oqitish jarayonini hamkorlikda yolga qo`yishga kelishib oldi

 

2021 yil 09 dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori U.Azizov va universitet xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori A.Abidjanov Arizona Universitetining (AQSh) "Ingliz tili - xorijiy til sifatida" markazi (ESL) direktori Robert Kote bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida rektor U.Azizov O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitilishi borasida olib borilayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘zladi. Arizona Universitetining "Ingliz tili - xorijiy til Sifatida" markazi jahonda TEFL/TESOL sertifikatlarini beruvchi etakchi tashkilotlardan biri hisoblanadi. O‘z navbatida rektor U.Azizov O‘zbekistonda ushbu sertifikatlarga ega oily ta’lim professor-oqituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 50% miqdorda qo‘shimcha ustama haq to‘lash tizimi joriy etilganini ta`kidladi. Shu nuqtai nazardan U.Azizov Arizona Universitetining "Ingliz tili - xorijiy til sifatida" markazi bilan hamkorlik qilish va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining professor-o‘qituvchilariga TEFL/TESOL sertifikatlarga oqitish jarayonini hamkorlikda yolga qo`yishga kelishib oldi. Ushbu kelishuv o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 mayda imzolagan “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g’risidagi” qarorida belgilangan vazifalarni samarali ijro etishga o‘z hissasini qo‘shadi.

Наши партнеры
Карта сайта