• OTMning muhim ob’yektlarida texnika xavfsizligi va texnik ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
  • OTMning mavjud ichki resurslari yoki pudratchi tashkilotlar bilan rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha muzokaralar olib borish va ish qabul qilish;
  • kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini, jumladan, bino va uning evakuatsiya rejasini tayyorlash;
  • OTMning moddiy-texnik bazasi bo‘yicha har bir ob’yekt uchun alohida materiallar ro‘yxatini tuzish va tayyorlash;
  • mavjud ob’yektlarni qayta ta’mirlash hamda qimmat va ulkan hajmli uskunalarni binolarga o‘rnatishga moslashtirish bo‘yicha masalalarni yechishda qatnashish;
  • binolarning texnik holati va jihozlanishi hamda kuz-qish mavsumi o‘z vaqtida ta’minlanishi nazoratini amalga oshirish;
  • OTMning moddiy-texnik bazasi va yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish;
  • o‘z vakolatlari doirasida buyruq va farmoyishlar loyihasini tayyorlash;
  • inshootlarning qayta rejalashtirilishi va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha tavsiyalar berish;
  • OTMda yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish hamda elektr energiyasi, gaz, suv va boshqa turdagi yoqilg‘ilardan foydalanishning limitlarini o‘rnatishni nazorat qilish;
  • OTMga tegishli mulkka zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha takliflar berish.
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube