Bugun O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borib, hozirda Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti rektori etib tayinlangan Rivojiddin Karimov bilan xayrlashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetda samarali mehnat qilgani uchun Rivojiddin Karimovga dil so‘zlarini bildirib, to‘n kiydirdi. Kafedra mudirlari hamda  Professor-o‘qituvchilar ham o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirib o‘tishdi.

Eslatib o`tamiz, Rivojiddin Karimov mehnat faoliyatini 2006-yilda universitetning xodimlar bo‘limi katta nazoratchisi sifatida boshlab, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri, dekan muovini, Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi direktori lavozimlarida ishlab universitet rivojiga katta hissa qo‘shgan.

2023-09-15 08-16

Наши партнеры
Карта сайта