Mamlakatimizda Prezident rahnamoligida yaratilayotgan keng shart-sharoitlar samarasida yoshlarimiz barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetmoqda.

Joriy etilgan «Universiada» musobaqalari yosh avlodni sog‘lom turmush tarzi tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning sportga qiziqishini, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini oshirish borasida beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.

O‘tgan davr mobaynida bu musobaqalar yoshlarimiz hayotining ajralmas qismiga aylandi hamda ular uchun tajriba va mahorat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bu sport o‘yinlarining aniq dastur asosida yurtimizning barcha hududlarida muntazam o‘tkazib kelinayotganligi, joylarda zamon talablariga javob beradigan, yangicha qiyofadagi muhtasham sport maskanlari, stadionlar, suzish havzalarining barpo etilishi qishloq va shaharlarning yanada obod bo‘lishida alohida ahamiyat kasb etayotganligini qayd etish lozim.

Mamlakatimizda sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sportning rolini oshirish, bu boradagi mavjud moddiy-texnik baza va kadrlar salohiyatini jahon standartlari asosida yanada mustahkamlash, eng muhimi, sportga mehr har bir bola, har qaysi oila hayotiga chuqur kirib borishiga erishish borasidagi amalga oshirilgan chora-tadbirlar, chuqur o‘ylangan islohotlar samarasi bugun sportchilarimizni qo‘lga kiritgan yutuq va g‘alabalarida o‘z aksini topmoqda.

Kurash bo'yicha Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkazilgan "Universiada-2022" sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining bir nechta talabalari faxrli o'rinlarni qo'lga kiritdi.

52kg vazn toifasida Usmonova Maftuna  III o'rin,

57 kg vazn toifasida Olimjonova Yulduzxon III o'rin,

63 kg vazn toifasida Jumanazarova Xanimjon III o'rin,

70 kg vazn toifasida Javburieva Oltinoy III o'rin

2023-03-16 07-51

Наши партнеры
Карта сайта