TА'LIM SIFАTINI NАZORАT QILISh BOʼLIMI

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiya faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi 515-sonli qarorining 14 bandiga asosan Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari tarkibida taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimlari tashkil etildi

Ushbu boʼlim quyidagi vazifalarni bajarishi belgilab berildi:

Fakulьtetlar, kafedralar va tegishli boʼlimlarning ish rejalarini tahliliy oʼrganish;
Universitetni attestatsiya va akkreditatsiyadan oʼtkazishga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ichki ekspertlarni jalb qilgan holda chuqur oʼrganish va Davlat inspektsiyasiga taqdim etish;
Universitetda oʼquv jarayonining DTS, malaka talablari, oʼquv rejalari, fan dasturlari, ishchi oʼquv rejalari va ishchi fan dasturlari bilan taʼminlanganlik holatini oʼrganish;
Professor-oʼqituvchilarining shaxsiy ish rejalarining bajarilishini oʼrganish;
Universitet taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklarining fanlar boʼyicha asosiy oʼquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik darajasi Аxborot resurs markazi va kafedralar kesimida oʼrganish;
Professor-oʼqituvchilarning ilmiy salohiyatini oʼrganish;
Professor-oʼqituvchilar tomonidan ochiq darslarning oʼtkazilishi holatini tahliliy oʼrganish;
Kafedralarda mustaqil taʼlimning tashkil etilganligini oʼrganish;
Talabalar attestatsiyasining yakunlari boʼyicha bilimini baholash jarayonini tahlil qilish(reyting ballarining xolisligi, shaffofligi va sifat darajasini baholash);
Universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish.
 

Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti “Taʼlim sifatini nazorat qilish” boʼlimining yanvar-mart oylarida amalga oshirgan ishlari xisoboti yuklash

OʼzDJTU “Taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimi”ning 2018 yil 6 oyi mobaynida amalga oshirgan ishlari toʼgʼrisida yuklash

Hodimlar :

Nishonov Patxiddin Payziboevich

Lavozim : BOʼLIM BOShLIGʼI
Batafsil
Omonov Turgʼunboy Аbdusoqievich

Lavozim : BOSh MUTАXАSSIS

Bo’lim faoliyati haqida

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig’ining buyrug’i va topshiriqlari hamda universitet rektori buyruqlari, farmoyishlariga, shuningdek Bo’lim to’g’risidagi Nizomga muvofiq o’z faoliyatini olib boradi.

O’zDJTU tarkibidagi TSNQB ining asosiy vazifalari:

  • ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim   standartlari (DTS), malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
  • universitet ta’lim jarayoni sifatini, uning o’quv adabiyotlari va o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganish;
  • universitet talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish;
  • ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
  • kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
  • universitetni ichki attestasiyadan o’tkazishni tashkil etish, natijalari bo’yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni universitet rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;
  • attestasiya, ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda universitetda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o’z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o’rnatish;
  • ta’lim sifatini belgilovchi ko’rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
  • ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
  • universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo’lim, markaz, akademik lisey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o’tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo’yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • universitet professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o’tganligini yoki mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o’rganish va xulosalarni universitet rektoriga ma’lum qilish;
  • universitetning o’quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
  • ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha takliflar berish;
  • universitetda talabalar amaliyotining ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
  • Davlat inspeksiyasining topshirig’iga binoan universitet reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to’plashda, o’tkaziladigan attestasiya va ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish;
  • talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash;
  • universitetdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o’rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;
  • bo’lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi yoki xalqaro loyihalar va universitet hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o’quv va ilmiy markazlari tajribasini o’rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;
  • universitet reytingini xalqaro darajaga ko’tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni universitet rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
  • universitet tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o’quv seminarlari va treninglarni o’tkazish;
  • universitetda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo’yilgan vazifalar doirasida seminar mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazib borish;
  • o’quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi integrasion hamkorlik, innovasion g’oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig’i masalalari monitoringini yuritish;
  • universitet Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo’lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o’rganish va monitoring natijalari to’g’risida ma’lumotlar berib borish;
  • ta’lim sifati holatini o’rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish.
Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi