BАGʼRIKENGLIK VА YOSHLАR!

 

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti media va kommunikatsiya fakulteti va Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy-axborot markazi hamkorlikda joriy yilning 16 noyabr kuni “Xalqaro bagʼrikenglik kuni”ga bagʼishlab “BАGʼRIKENGLIK VА YoSHLАR!” shiori ostida madaniy tadbir tashkil etildi.

Xalqaro YUNESKO tashkiloti dunyoda tinchlik, millatlar va ellatlar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshiririb, hozirda bagʼrikenglikka oid 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar qabul qilingan. Ularning yorqin namunasi 1995 yil 16 noyabrda Parijda YUNESKO Bosh konferentsiyasining 28-sessiyasida eʼlon qilingan “Bagʼrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”dir. Hozirda ushbu kun butun dunyoda “Xalqaro bagʼrikenglik kuni” sifatida keng nishonlanadi.

Har kuni boshqa odamga nisbatan bagʼrikenglik ko'rsatish yoki ko'rsatmaslik tanloviga duch kelamiz. Аgar hech bo'lmasa har birimiz ko'proq bagʼrikenglik ko'rsatsak, hayotimiz yaxshi bo'ladi. Hamma narsa bizning xulq-atvorimizga bogʼliq va uni faqat boshqalarning yordamisiz, uning tamoyillari va qadriyatlarini o'zgartirish orqali insonning o'zi tuzatishi mumkin.

Tadbirda bagʼrikenglikni keng yoritib beradigan talabalar tomonidan ijod qilingan sahna ko'rinishlar, turli raqs va qo'shiqlar bilan bellashdilar.

4 ta jamoa bir-biridan qiziqarli sahna ko'rinishlari bilan tomoshabinlarga namoyon etdi va har bir jamoa ishtirokchilari o'zlarinig iqtidorini ko'rsatib berganliklari, Bagʼrikenglik va madaniyatni ochib berganligi sababli har bir ishtirokchilarga kitob dukonidan o'zlariga yoqqan qitob va boshqa o'quv-qurollarini xarid qilish uchun 150 ming so'mlik vauchir bilan taqdirlanishdi.

Xabaringiz bor Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy-axborot markazi 16 noyabr – Xalqaro bagʼrikenglik kuniga bagʼishlab “Bagʼrikenglik va Yoshlar!” mavzusida Roliklar tanlovini eʼlon qilingan edi va ushbu tanlov gʼoliblarini tadbir so'ngida tantaʼnali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tanlov gʼoliblari: 1-o'rin Samsung S21 markadagi telefon, 2-o'rin smart Watch, 3-o'rin poverbank bilan taqdirlandi.

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi