Xodimlar bo’limi xodimlarining xizmat lavozimiga muvofiq
V A Z I F A L A R I
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti mazkur Nizom asosida ish yuritadi, o’z amaliy faoliyatida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O’zbekiston Res’ublikasi Oliy va o’rta maxsus tahlimvazirligi buyruqlari, universitet buyruq va ko’rsatmalarini dasturda amal qiladi. O’zbekiston Res’ublikasi qonunlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini, Prezident Farmoyishlarni, Vazirlar Maxkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish haqidagi qarorlarni amalda qo’llangan holda universitet raxbariyati bilan birgalikda kerakli mutaxassislikka va malakaga ega bo’lgan, ish saviyasi, uslubi talabga javob bera oladigan professor-o’qituvchilar va xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi.
Xodimlar bo’limi tarkibida ish turlari bo’yicha quyidagi guruhlar belgilanadi.
professor-o’qituvchilar, o’quv yordamchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchilar tarkibi bilan ishlash;
Talabalar va yosh mutaxassislar bilan ishlash;
. Xodimlar bo’limi boshlig’i rektor tomonidan ishga tayinlanadi va bo’shatiladi;
. Xodimlar bo’limi boshlig’i lavozimida oliy yoki o’rta-maxsus ma’lumotli kadrlar ishida kamida 5 yil stajga ega bo’lganlar ishga qabul qilinadi;
. Xodimlar bo’limi boshlig’i O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, universitet Ustaviga, xodimlar bo’limi Nizomiga hamda lavozimiy yo’riqnomaga amal qilishi zarur;
. Xodimlar bo’limi universitet nomlari yozilgan dumaloq muxrga ega.
Xodimlar bo’limining vazifalari:
. Fakultetlar, kafedralar va boshqa tashkiliy tuzilmalarni kerakli mutaxassislik va tajribaga ega bo’lgan, ish saviyasi va uslubi talablarga javob bera oladigan xodimlar bilan ta’minlashni tashkillash;
. professor-o’qituvchi va xodimlarni ishga olish, ishdan bo’shatish, lavozimlarni o’zgartirish, rag’batlantirish va jazolash masalalarini muvofiqlashtirish;
. professor-o’qituvchi, xodimlar va talabalar ish intizomini, ichki tartib qoidalari va O’zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmasliklarini nazorat qilish;
. Moliya-reja bo’limi bilan birgalikda shtatlar jadvalini muvofiqlashtirish;
. Kadrlar masalasi bo’yicha boshqa tashkilot va muassasalar bilan doimiy aloqada bo’lish;
. Kadrlar bo’limi xodimlarining ishlarin nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
. professor-o’qituvchi va xodimlarning imzolarini tasdiqlash;
. Kerakli buyruqlarni tegishli xujjatlarga asosan o’z vaqtida tayyorlash va ro’yxatga olish hamda nusxalarni tegishli dekanat va bo’limlarga yetkazishni muvofiqlashtirish;
. Kadrlar bo’yicha hujjat va ma’lumotlarni o’z vaqtida o’rnatilgan tartibda tegishli tashkilotlarga taqdim etilishini nazorat qilish;
. professor-o’qituvchi va xodimlarga zarur bo’lgan hujjatlarni, talabalarning diplomlari va ilovalarni o’z vaqtida tayyorlanishini tashkillash, T-2 kartochkalarini belgilangan tartibda olib borishni nazorat etish;
. Xodimlarning ishga o’z vaqtida kelib-ketishlarini va ish joylarida mavjudliklarini nazorat qilishni boshqarish.
Xodimlar bo’limi ish yurituvchisining vazifalari