Kafedra mudiri: Xakimova Shaxnoza Erkinovna

Lavozimi va unvoni: Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD

Qabul vaqtlari: Har kuni 15:00

Tel.: 977069757

E-mail: Sharona84@mail.ru

Kafedra tarixi: O‘zDJTU O‘zbekistonda xitoy tili mutaxassislarini tayyorlashda muhim ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

         O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 1990-yildan boshlab xitoy tili o‘qitiladi. Avvaliga O’zDJTUda Rus tili fakultetida xitoy tili mutaxassisligi bo‘yicha guruh ochildi. Keyinchalik, 1991-yildan boshlab “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” hamda “Ingliz filologiyasi” fakultet talabalariga xitoy tili ikkinchi til sifatida o‘rgatila boshladi. Bugungi kunga qadar 300  nafarga yaqin universitet talabalari xitoy tilini ikkinchi til sifatida o‘rganmoqda.

         O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilishi munosabati bilan xitoy tilini bo’yicha mutaxassislarga ehtiyoj sezilarli darajada oshdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil may oyida PQ-868-sonli qarori bilan xitoy tili bo‘yicha asosiy yo’nalish sifatida talabalar tayyorlash maqsadida 2010-yil 1-apreldan boshlab Xitoy filologiyasi kafedrasi ochildi. 2014-yilda Xitoy filologiyasi kafedrasi tashkil topdi va bugungi kunda ushbu kafedra Sharq filologiyasi fakul’teti tarkibida faoliyat olib bormoqda.  

Kafedra tarkibi: Hozirda kafedrada professor-oʼqituvchilarning umumiy tarkibi 31 nafar boʼlib, shundan 16 nafari asosiy shtatda faoliyat olib boradi. Ulardan 4 nafari pedagogika fanlari doktori (PhD), 5 nafari mustaqil izlanuvchi, 2 nafar tayanch doktorant, 13 nafar horijlik professor o’qituvchilar.

  • xalqaro hamkorliklar;

Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xitoy Xalq Respublikasining Pekin chet tillar universiteti, Pekin tillar va madaniyat universiteti, Tyantszin chet tillar universiteti, Shanxay chet tillar universiteti, Changchun milliy universiteti, Sharqiy Liaodong universiteti, Lanchjou universiteti, Nankin politexnika instituti, Dalian texnika universiteti, Bo hai universiteti, Shenyang pedagogika universiteti, Shenyang texnika universiteti bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

2024 yil 20-24 yanvar kunlari boʼlib oʼtgan Birinchi Xitoy-Oʼzbekiston Taʼlim Forumi oʼzaro manfaatli hamkorligimizni yanada rivojlantirish uchun imkoniyat yaratdi.

Xitoy hukumati, Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda Xitoy OTMlari grantlari asosida hozirda 60 dan ortiq talabamiz Xitoy Xalq Respublikasida tahsil olmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasining Oʼzbekistondagi elchixonasi tomonidan koʼrsatilayotgan amaliy yordam haqida alohida toʼxtalib oʼtmoqchiman. Elchixona xitoy tilini Oʼzbekistonda oʼqitilishini qoʼllab-quvvatlash, talabalarning ushbu tilini oʼrganishini ragʼbatlantirish maqsadida muntazam ravishda turli tadbirlar oʼtkazib kelmoqda. Jumladan, xitoy tili guruhi talabalari har yili oʼtkaziladigan “Xitoy koʼprigi” xalqaro tanlovida ishtirok etib, Pekin shahrida boʼlib oʼtadigan koʼrik tanlovda munosib oʼrinni egallab kelmoqda.

Xitoy filologiyasi kafedrasi Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, “Hanban“ tashkiloti, Pekin chet tillar universiteti, Konfutsiy instituti, Sharqiy Liaoning universiteti, Lanjou universiteti, Shanxay chet tillar universiteti, Pekin til va madaniyati universiteti, Shenyang pedagogika universiteti va Nankin politexnika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Shenyang texnika universiteti, Bohai universiteti va Dalian texnika universitetlariga tashrif buyurib, hamkorlik aloqalari o'rnatildi, memorandum imzolanishi rejalashtirildi. Buning natijasida har yili professor-o‘qituvchilar va talabalar til va kasbiy malakasini oshirish maqsadida Xitoy OTMlariga yuborilmoqda.

  1. Oʼzbekiston davlat jahon tillari (OʼzDJTU), Xitoy Xalq Respublikasi Lyaodong universiteti va XXR Taʼlim vazirligi Til taʼlimi va hamkorlik markazi bilan “Аkademik hamkorlik haqida” Memorandum.

Ushbu hujjatga binoan, 2024/2025 oʼquv yilidan boshlab, “Xitoyshunoslik”+”biznes boshqaruvi” yoʼnalishlari boʼyicha 2+2 formatdagi qoʼshma taʼlim dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan. Qoʼshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish toʼgʼrisidagi 3 tomonlama shartnoma XXR Taʼlim vazirligi Til taʼlimi va hamkorlik markazi va Liadong universiteti oʼrtasida imzolanadi. 3-4 bosqichda dastur talabalari XXR Taʼlim vazirligi Til taʼlimi va hamkorlik markazi granti asosida bepul tahsil oladi.

Shu bilan birga, Xitoy Xalq Respublikasi Lyaodong universiteti bilan hamkorlikda Oʼzbekiston davlat jahon tillari (OʼzDJTU) Sharq filologiyasi fakulteti negizida quyidagi taʼlim dasturlari va hamkorlik aloqalarini amalga oshirish koʼzda tutilmoqda:

1) Talabalar oʼzaro hamkor universitetlarda amaliyot oʼtashlari

2) Yozgi va qishki talabalar lageri uchun almashinuvini amalga oshirish;

3) Oʼqituvchilar va olimlarni maʼruzalar va amaliyotlar, seminarlar, kurslar va boshqalar uchun almashishiga koʼmaklashish;

4) Oʼqituvchilar oʼrtasida oʼzaro manfaatli sohalarda ilmiy hamkorlikni amalga oshirish;

5) Xitoy va Oʼzbekiston taʼlim organlarining tegishli qarorlari asosida Xitoy-Oʼzbekiston bakalavriat taʼlim dasturi boʼyicha hamkorlikni amalga oshirish;

6) Oʼzaro manfaatli boshqa sohalarda hamkorlik qilish.

7) Lyaodong universiteti tomonidan Oʼzbekiston davlat jahon tillari (OʼzDJTU) Sharq filologiyasi fakulьtetini xitoy tili boʼyicha adabiyotlar bilan taʼminlash, kutubxona ochish.

8) Lyaodong universiteti tomonidan Oʼzbekiston davlat jahon tillari (OʼzDJTU) Sharq filologiyasi fakultetida Xitoy madaniyat markazi ochish.

Amalga oshirilgan ishlar:

  1. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Xitoy Xalq Respublikasi Liaodong universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga asosan “Xitoy tili va madanyati almashuvi” loyihasida ishtirok etish uchun  Sharq filologiyasi fakultetidan17 nafar talaba va 1 nafar professor o‘qituvchi 2024-yilning 14-aprelidan 28-apreligacha Xitoy Xalq Respublikasi Liaodong universitetiga tashrif buyurib qaytdi. Barcha safar harajatlari Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan qoplandi. Ularning hujjatlarini rasmiylashtirishga va borib-kelishiga ota onalar va universitet rahbariyatidan ruxsat olindi.
  2.  Lyadong universitetiga 22 nafar talaba sentyabrdan 1 yilga yuborildi, hamda 12 nafar bakalavr talabalari 26 fevraldan 15 iyulga qadar yuborilgan.
  3. Lyadong universiteti va Tianjin chet tillar universitetiga sentyabr oyida o’qishga borish uchun 1 yillik grand asosida bakalavr talabalariga tanlov  elon qilindi, 60 nafar talaba yuborilishi rejalashtirilgan.
  4. XXR Lyadong universitetiga 2+2 loyihasi bo’yicha 20 nafar talaba 2 yilga yuborilishi rejalashtirilgan. Hamkor: XXR Ta’lim vazirligi Til ta’limi va hamkorlik markazi va Liadong universiteti
  1. Oʼzbekiston davlat jahon tillari (OʼzDJTU) va Xitoy Xalq Respublikasi Pekin til va madaniyat universiteti bilan “Hamkorlik shartnomasi”

Ushbu hujjatga binoan, 2024/2025 oʼquv yilidan boshlab, Xitoy Xalq Respublikasi Pekin til va madaniyat universiteti va Oʼzbekiston davlat jahon tillari (OʼzDJTU) Sharq filologiyasi fakulteti quyidagi hamkorlik aloqalarini amalga oshirish koʼzda tutilmoqda:

1) Talabalar almashinuvi, akademik mobillik aloqalari;

2) Oʼqituvchilar va olimlarni maʼruzalar va amaliyotlar, seminarlar, kurslar, simpoziumlar va boshqalar uchun almashishiga koʼmaklashish;

3) Oʼqituvchilar oʼrtasida oʼzaro manfaatli sohalarda ilmiy hamkorlikni amalga oshirish;

4) Xitoy va Oʼzbekiston taʼlim organlarining tegishli qarorlari asosida ilmiy loyihalar almashinuvi;

5) Oʼzaro manfaatli boshqa sohalarda hamkorlik qilish. Hamkor: Pekin til va madaniyat universiteti

3. Oʼzbekiston davlat jahon tillari (OʼzDJTU) va Xitoy Xalq Respublikasi Tianjin chet tillari universiteti bilan “Hamkorlik shartnomasi”

Ushbu hujjatga binoan, 2024/2025 oʼquv yilidan boshlab, Xitoy Xalq Respublikasi Tianjin chet tillari universiteti va Oʼzbekiston davlat jahon tillari (OʼzDJTU) Sharq filologiyasi fakulteti quyidagi hamkorlik aloqalarini amalga oshirish koʼzda tutilmoqda:

1) Talabalar almashinuvi, akademik mobillik aloqalari, yoshlar forumida ishtirok etish, ikki mamlakat madaniyatini oʼrganish uchun Yozgi va qishki talabalar lageri uchun almashinuvni amalga oshirish ;

2) Oʼqituvchilar almashinuvi, oʼqituvchilar malakasini oshirish, oʼzaro ilmiy amaliy konferentsiyalar oʼtkazish, oʼzaro hamkorlikda oʼquv adabiyotlari yaratish;

3) Oʼqituvchilar oʼrtasida oʼzaro manfaatli sohalarda ilmiy hamkorlikni amalga oshirish, oʼqituvchilar va olimlarni maʼruzalar va amaliyotlar, seminarlar, kurslar, simpoziumlar va boshqalar oʼtkazishga koʼmaklashish, ilmiy loyihalar almashinuvi;

4) Magistratura mutaxassisliklari boʼyicha ikki tomon manfaatli hamkorlik, taʼlim loyihalarini amalga oshirish;

5) Oʼzaro manfaatli boshqa sohalarda hamkorlik qilish.

Amalga oshirilgan ishlar:

Tianjin chet tillar universitetiga sentyabr oyida o’qishga borish uchun 1 yillik grand asosida bakalavr talabalariga tanlov  elon qilindi, 6 nafar talaba yuborilishi rejalashtirilgan.

Hamkor: Tianjin chet tillar universiteti

4.Hamkorlik shartnomasi

Ko‘p tillilik (ingliz, nemis, fransuz, italyan, portugal, arab va b.) asosida kadrlar tayyorlash, til sohiblarini O‘zDJTUga jalb qilish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va stajirovka o‘tashi, ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Amalga oshirilgan ishlar:

 

Xitoy Xalq Respublikasiga Shenyang pedagogika universitetiga 2 nafar bakalavr talabasi 25 fevraldan 20 iyunga qadar yuborilgan.

Hamkor: Shenyan pedagogika universiteti

 

  1. Hamkorlik shartnomasi

Bohai universitetiga sentyabr oyida o’qishga borish uchun 1 yillik grand asosida bakalavr talabalariga tanlov  elon qilindi, 15 nafar talaba yuborilishi rejalashtirilgan.

Hamkor: Bohai universiteti

  1. Vazirlik granti

Sentyabr oyida Xitoyning turli universitetlarga 12 nafar talabalar Shanxay hamkorlik tashkiloti granti asosida yuborilmoqda.

Hamkor: SHXXT O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

7. Qisqa muddatlik loyihalar

1. XXR Shanxay shahriga ikki haftalik yozgi lagerga 26 iyun -10 iyul kunlari kafedraning ikki nafar mahalliy o’qituvchisi va 24 nafar talaba yuborilmoqda.

2.  XXR Dalian texnika universitetiga ikki haftalik yozgi lagerga 23 iyul -8 avgust kunlari kafedraning bir nafar mahalliy o’qituvchisi va 20 nafar talaba yuborilmoqda.

Hamkor: XXR Dalian texnika universiteti, XXR Shanxay qurilish universiteti

 

Kafedrada faoliyat yuritayotgan chet ellik professor o’qituvchilar ulushi:

1. Bugungi kunda kafedrada 13 nafar xitoylik professor o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ular orasida 2 nafar xitoylik o’qituvchi Lyu Xue Mei, Dai Sheng Hao  va Zhu Gai Rong XXR Xanban tashkiloti orqali yuborilgan. Ushbu o’qituvchilarning barcha harajatlari, ya’ni oylik maoshi, yulkirasi va yashash uchun harajatlar XXR Xanban tashkiloti tomonidan qoplanadi. Kafedraga har yili XXR tomonidan 2 nafar xitoylik o’qituvchi yuboriladi.

2. Har o’quv yili uchun 2 nafar magistr XXR Shanxay chet tillari universitetidan 1 yil davomida xitoy filologiyasi kafedrasida faoliyat olib boorish uchun jalb etiladi hamda 2 nafar doktorant tahsil olmoqda.

Hamkor: XXR Xanban tashkiloti

  • kafedra yutuqlari;

Ilmiy faoliyat: Ilmiy salohiyat asosiy shtatga nisbatan 25% ni tashkil etadi. Аyrim fan nomzodlari ilmiy ishlarini himoya qilganlar va dotsentlik ilmiy unvonini olganlar. Kafedra aʼzolari qisqa vaqt davomida  ilmiy unvon olish boʼyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqdalar. Bundan tashqari kafedra professor-o’qituvchilari fanlar bo’yicha darslarga muntazam tayyorgarlik ko’rmoqdalar. Ishchi o’quv dasturlari, o’quv-metodik majmua  tuzib, mavjud fan o’quv-metodik majmualarni yangilab bormoqdalar.

 

Oʼz vaqtida, ilmiy ish bilan muntazam ravishda shugʼullanadigan va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan professor-oʼqituvchilardan D. Djurayev, L. Shasaidova, Sh. Xakimova, S. Nosirovalardan  nomzodlik dissertatsiya mavzularini olib, mavzular banki yaratilmoqda, hamda belgilangan tartib-qoidaga muvofiq rasmiylashtirib vazirlikka, fan va texnologiyalarni rivojlantirish davlat qoʼmitasiga, OАKga taqdim etilmoqda. Kafedra professor o’qituvchilari turli xalqaro va respublika konferentsiya va jurnallarda ilmiy maqolalar va tezislar bilan ishtirok etmoqda.

Kafedradagi ilmiy loyhalar: Kafedrada yuqori malakali professor-oʼqituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, iqtidorli talabalar hamda ishlab chiqarish korxona va tegishli tashkilotlar vakillari tarkibidan iborat jami 2 ta innovatsion guruhlar shakllantirilib, faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.

Mazkur guruhlarda professor-oʼqituvchilar malakasini oshirish va talabalar bir yillik stajirovkasi, ilmiy tadqiqot va uslubiy ishlarni oʼtkazish, bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalarga ilmiy rahbarlik qilish, oʼquv-metodik majmuani yozish, oʼquv amaliyoti boʼyicha hamkorlik kabi yoʼnalishlardagi faoliyatlaryoʼlga qoʼyilgan.

Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi, magistrlik dissertatsiya mavzulari kafedra ilmiy yoʼnalishiga mos keladi, albatta. Bularning ketma - ketligi, yaʼni bitiruv malakaviy ishini magistrlikda, magistrlik dissertatsiya mavzusi doktorlik dissertatsiyasida aks etishi taʼminlangan.

Soʼnggi 3 yilda professor-oʼqituvchilar tomonidan 6 ta oʼquv qoʼllanma, 2 ta monografiya va risola, 18 ta xorijiy, 20 ta respublika ilmiy jurnallarda hammualliflik asosida ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. 

Oliy taʼlim muassasasi kafedralarining ilmiy-tadqiqot faoliyati yoʼnalishlaridan kelib chiqib ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish yuzasidan kafedrada “Xitoy tili” ilmiy-tadqiqot markazi, “Sinologik lingvodidaktika” ilmiy-tadqiqot markazi mavjud. Ushbu markaz vazifalari:

Til oʼqitish kurslari: xitoy tili oʼquv kursi, HSK ga tayyorlash boʼyicha kurs, xitoy tilida biznes muloqot maxsus kursi

•Tarjima yoʼnalishi: yozma tarjima, ogʼzaki tarjima

• Xitoy tilini oʼqitish boʼyicha zamonaviy metodlarni ishlab chiqish.

• Xitoy tilini oʼqitish boʼyicha zamonaviy oʼquv-qoʼllanmalar yaratish.

• Xitoy tilini oʼqitish boʼyicha master-klasslar tashkillashirish.

• XXR halqaro, xususan HANBAN tashkiloti bilan ta’lim sohasidagi hamkorliklarni yanada kuchaytirish.

• Xitoyning nufuzli universitetlari elektron kutubxona-resurslaridan foydalanish boʼyicha kelishuvga erishish.

            Ta'lim faoliyati: Bugungi kunda 60230100 - Filologiya va tillarni oʼqitish (xitoy tili) taʼlim yoʼnalishi boʼyicha 600 nafar talaba, 70230101- Lingvistika mutaxassisligi boʼyicha 23 nafar magistrant tahsil olmoqda, undan tashqari 300 dan ortiq talaba xitoy tilini ikkinchi til sifatida oʼrganmoqda. Xitoy filologiyasi kafedrasining asosiy maqsadi xitoy tili, Xitoy adabiyoti, tarixi, geografiyasi, madaniyati, o’lkashunoslik, tarjima nazariyasi va amaliyoti, va xitoy filologiyasi bo‘yicha chuqur bilimga ega xitoy tili mutaxassislarini tayyorlashdan iborat. Bugungi kunda kafedrada “HSK til bilish darajasiga tayyorgarlik”  va “Yosh tadqiqotchi” ilmiy to’garaklari faoliyat olib bormoqda.

            Har yili o’tkaziladigan "Xitoy tili ko’prigi" butunjahon xalqaro talabalar musobaqasining Respublika bosqichida xitoy tili yo’nalishi talabalari nufuzli o’rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan,  joriy yilning 18-19-may kunlari Toshkent shahar IIB Madaniyat saroyida "Xitoy tili ko’prigi-23" butunjahon xalqaro talabalar musobaqasining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi. Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Yu Jun janoblari, Respublika Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, universitet professor-o'qituvchilari, talabalar  hamda boshqa mehmonlar ishtirok etdi.                                                                                                          Tadbirda O’zDJTU rektori I. Tuxtasinov so’zga chiqib, universitetning Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlari bilan hamkorligi, O’zDJTU da xitoy tili o’qitilishi holati haqida ma’lumot berdi va musobaqada qatnashuvchilarga omad tiladi. Ushbu musobaqaning respublika bosqichida O’zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti talabalari  Mashanlo Zaynab Gran-pri(oliy o‘rin), 2-o‘rin Abenova Balnur va  Yunusov Muxammadtoxir 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

            Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash yo’lga qo’yilgan. Jumladan, ilmga chanqoq talabalar tanlab olinib, ilmiy maqolalar yozish va turli konferensiyalarda o’z maqolalari bilan ishtirok etib borish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bunday talabalardan biri Jumamurodova Mavluda Tadqiqot.uz jurnalida o’zining “O’zbek va xitoy tilida ot so’z turkumining so’z yasalishi xususiyatlari” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etib, sertifikatga ega bo’ldi. Undan tashqari talabalar turli tanlovlarda qatnashib fahrli o’rinlarni egallamoqdalar. FXIT-2109 guruh iqtidorli talabasi Qayumova Vasila Sobirjon “Ilm-fan  sohasidagi  xizmatlari  uchun”  Mustaqil  Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida ishtirok etib gʻolib boʻldi.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar: 60230100 Filologiya va tillarni oʼqitish (xitoy tili)  ta’lim yo’nalishi va 70230101-lingvistika (xitoy tili) magistr mutaxasisligida quyidagi fanlar bo’yicha mutaxassis tayyorlanadi.

  •  fanlar ro’yxati;

Bakalavriatda o’tiladigan fanlar ro’yxati:

  1. Asosiy sharq tili (xitoy tili);
  2. Horijiy sharq tili;
  3. Mamlakatshunoslik;
  4. Tili  o’rganilayotgan mamlakat adabiyoti:
  5. ASHT da o’qish va yozish amaliyoti;
  6. Tinglab tushunishni takomillashtirish:
  7. O’qib tushunishni takomillashtirish;
  8. Kommunikativ leksika;
  9. Yozma nutqni takomillashtirish;
  10. Sharq tillarini o’qitish metodikasi;
  11. Sharq tili o'qitishning zamonaviy texnologiyalari;
  12. Tarjima asoslari;
  13. ASHT da og’zaki nutq amaliyoti;
  14. Asosiy sharq tili nazariy grammatikasi;
  15. Sinxron tarjima;
  16. Badiiy tarjima;
  17. O’lkashunoslik;
  18. Sinxron tarjima;
  19. Ikkinchi chet tili (xitoy tili);
  20. Ommaviy axborot vositalari tili;
  21.  Muzokaralar olib borish qobiliyatini rivojlantirish.

Magistraturada o’tiladigan fanlar ro’yxati:

  1. Mutaxassislikka oid maxsus adabiyot tahlili;
  2. Mutaxassislikning nazariy masalalari;
  3. O’rganilayotgan til stilistikasi;
  4. Lingvistik tadqiqotlar metodologiyasi;
  5. Chet tilini o’qitishning zamonaviy texnologiyalari;
  6. Tilshunoslikning lingvomadaniy aspektlari;
  7. O’rganilayotgan tilda taqdimot qobiliyatini rivojlantirish;
  8. O’rganilayotgan til tarixi;
  9. Tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari;
  10. O’rganilayotgan mamlakat til vaziyati va siyosati;
  11. O’rganilayotgan tilda biznes muloqoti xususiyatlari;

Badiiy tarjima nazariyasi va amaliyoti

  • ta’lim dasturlarini bitirib chiqqandan keyin olinadigan malakaviy ko’nikmalar;

60230100 Filologiya va tillarni oʼqitish (xitoy tili) ta’lim yo’nalishi va 70230101-lingvistika (xitoy tili) magistr mutaxassisligini tugatgan talabalar quyidagi malakaviy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:

1. Yuqori darajadagi til bilimi

 - Xitoy tilini barcha ko‘nikmalar (o‘qish, yozish, gapirish, tinglash) bo‘yicha chuqur o‘zlashtirish (HSK1-HSK6 darajadagi HSK imtihonlari darajasida).

- Xitoy tilining grammatikasi, leksikasi, fonetikasi va pragmatikasini tahlil qilish.

- Xitoyiyaning an’analari, tarixi, adabiyoti, san’ati, dini va zamonaviy jamiyatini tushunish.

 - Madaniyatlararo muloqotda Xitoy mentaliteti va xulq-atvor me’yorlarini hisobga olish.

   - Xitoy tilshunosligi, adabiyoti yoki madaniyatiga oid ilmiy ishlarni yozish va tahlil qilish.

 - Filologik manbalarni tanlash, tizimlashtirish va talqin qilish.

   - Xitoy adabiyotining asosiy janrlari, davrlari va yirik namoyandalari asarlarini chuqur o‘rganish.

  - Matnlarni lingvistik, stilistik va semiotik jihatdan tahlil qilish.

   - Xitoy tilidan ona tiliga va aksincha matnlarni (badiiy, texnik, rasmiy) aniq tarjima qilish.

 - Madaniyatlararo tafovutlarni hisobga olgan holda tarjimada kontekstni saqlash.

 - Xitoy tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasi.

Xitoy filologiyasi bitiruvchilari til, madaniyat va mintaqaviy tadqiqotlar sohasida keng imkoniyatlarga ega bo‘lib, global miqyosda raqobatbardosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

  • stajirovka imkoniyatlari:

Kafedra professor o’qituvchilarining XXR da malaka oshirishlari.

  1. Kafedra o’qituvchisi Ro‘zumova Gulbahor Matyakubbayevna va kafedra kabinet mudiri Y. Nuriddinovaning  2024-yil 2-16 yanvar kunlari Xitoy Xalq Respublikasining  Shinjong pedagogika universitetidagi "Xorijiy talabalarga xitoy tilini chet tili sifatida o'qitishning zamonaviy metodlari" nomli malaka oshirish kursida ishtirok etdi.
  2. Kafedra mudiri PhD Sh. Xakimova 2023 yil 10 oktyabrdan 31 oktyabrgacha  Xitoy Xalq Respublikasining Shenyang pedagogika universitetidagi "Xorijiy talabalarga xitoy tilini chet tili sifatida o'qitishning zamonaviy metodlari" nomli malaka oshirish kursida ishtirok etdi  va ma’ruza o’qib qaytdi.
  1. Kafedra mudiri PhD Sh. Xakimova va kafedra o’qituvchilari Ro‘zumova Gulbahor Matyakubbayevna va Lola Shasaidova 2023-yil 2-24 avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasining  Danyan shahrida o’tkazilgan "Xitoyda Konfuciy ta’limoti" nomli malaka oshirish kursida ishtirok etdi. Hamkor:  XXR Ta’lim vazirligi

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube