2025-yil 16–19 iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Global Sustainable Development Congress-2025 dasturida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi faol ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida ilm-fan sohasida bir qator kelishuvlar amalga oshirildi.

 

Bundan tashqari, kongress davomida Turkiyaning nufuzli "Insan Kitab" nashriyoti rahbariyati, Gulf universiteti rektori Mohanad Ismael hamda Saudiya Arabistonining Prince Sattam bin Abdulaziz universiteti rahbari Abdulrahman Al-Talhi bilan Islom Sivilizatsiyasi Markazi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha rahbari Guli Ergasheva boshchiligida yangi hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.

 

Uchrashuv davomida markaz fondini rivojlantirish maqsadida istiqbolli faoliyatlar hamda sotib olinayotgan kitoblarning ahamiyati muhokama qilindi.

 

Nashriyot rahbariyati loyiha ilmiy va madaniy jihatdan dolzarb ekanini ta’kidlab, unda ishtirok etishdan mamnunligini bildirdi hamda yetakchi nashriyotlarni jalb etish bo‘yicha amaliy takliflar berdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube