Turkiyaning Kahramanog’lu Mehmetbey universiteti vakillari O‘zDJTUda
2025-yil 16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Turkiyaning Kahramanog’lu Mehmetbey universiteti vakillari tashrif buyurishdi.
Tadbirda Kahramanoğlu Mehmetbey universiteti rektori Dr. Mehmet Gavgali, xalqaro bo‘lim koordinatori, Iqtisod va siyosiy boshqaruv kafedrasi o‘qituvchisi Dr. Umut Chil, shuningdek, xalqaro bo‘lim koordinatori, Yangi media va kommunikatsiya kafedrasi o‘qituvchisi Gulina Yusupova ishtirok etishdi.\
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan uchrashuvda rektor Ilhomjon Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, xalqaro jurnalistika fakulteti dekani A. Matyakubov, dekan muovini D. Xoshimova, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi o‘qituvchisi D. Fayziyeva qatnashdilar.
Uchrashuvda ikki tomon o‘rtasida:
- talaba va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish,
- turk va boshqa xorijiy tillar yo‘nalishida o‘qituvchi hamda talabalar uchun grantlar ajratish,
- turk tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish,
- turkiyalik talabalar uchun O‘zDJTUda yozgi maktablar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Suhbat yakunida tomonlar o‘zaro ilmiy, madaniy va ta’limiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Shuningdek, ikki tomon o‘rtasida hamkorlik protokoli imzolandi.