22-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida bitiruvchi bosqich talabalari tomonidan tayyorlangan bitiruv malakaviy ishlarning himoyasi boshlandi.

 

Tadbirni universitet rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Rektor o‘z nutqida bitiruvchilarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi, mavzu tanlashdagi dolzarblik va yondashuvlarining puxtaligiga alohida e’tibor qaratdi.

 

Himoya jarayonlarida yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi a’zolari, kafedralar professor-o‘qituvchilari, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

 

Jarayon davomida talabalarning ilmiy izlanishlari, tanlangan mavzular bo‘yicha tahliliy yondashuvlari va amaliy natijalari atroflicha muhokama qilindi. Komissiya a’zolari tomonidan taqdimotlar yuzasidan savollar berilib, talabalar o‘z ilmiy ishlari asosida asosli javoblar berdilar.

 

Mazkur himoya jarayoni yosh mutaxassislar hayotidagi muhim bosqich bo‘lib, ularning kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy asoslangan yondashuv esa universitetda ta’lim sifati va amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining samarali natijasi sifatida baholandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube