25-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida xorijlik hamkorlar bilan yana bir samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Meksikadan tashrif buyurgan mehmonlar — Dora Elia Pinedo Fernández va Ludim Marlet Gutiérrez Gómez xonimlar Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi jamoasi tomonidan iliq kutib olindi. Kafedra mudiri Dilrabo Keldiyorovna Baxronova boshchiligida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida:

ikki davlat taʼlim tizimi,
milliy-madaniy meros, adabiyot va tarix,
xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi,
tarjimashunoslik sohasidagi yondashuvlar xususida fikr almashildi.

 

Mehmonlar kafedra fondiga Meksika ta’lim tizimi, metodik yondashuvlari va adabiyotiga oid qimmatli manbalarni tuhfa etdilar. Bu esa xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga muvofiq samarali natija bo‘ldi.

 O‘zDJTU va Meksikaning UAEMex universiteti o‘rtasidagi hamkorlik 2020-yildan buyon izchil davom etmoqda. Yillar davomida o‘tkazilgan onlayn darslar, seminarlar, konferensiyalar, professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tashriflari ushbu aloqalarning mustahkam asosga ega ekanidan dalolat beradi.

 Ilm, tajriba va madaniyat almashinuvi – barqaror taraqqiyot poydevori!

 


Kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube