Joriy yilning 12-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni hamda Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan bayramona tadbir tashkil etildi. Mazkur bayramga taklif etilgan o‘zbek va qoraqalpoq opera xonandasi Jenisbek Piyazov bilan O‘zDJTU Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi matbuot kotibi Nasiba Elibekova kichik suhbat tashkillashtirgan edi

— Ushbu universitetga kelishingizni bilganingizda nimalarni his qildingiz? Talabalar uchun qanday tilaklaringiz mavjud?

— Avvalo, shu tadbirga taklif etilganimdan juda xursandman boisi, men talabalarni ko‘rganimda o‘z talabalik davrlarimni esga olaman. Bizning davrimizda internet degan narsa bo‘lmagan biz oqishga oid kerakli materiallarni qiynalib topar edik hozirgi kunda talabalar uchun umuman yoshlarga katta imkoniyatlar yaratilgan undan unumli foydalanishlari kerak. Shu universitetda o‘qiydigan talabalarga juda havasim keladi ular bir nechtalab xorijiy tilni bilishadi bu esa, ularga katta imkoniyatlar eshigini ochadi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa Qo‘shma ta’lim dasturi haqida eshitganimda juda hayron qoldim talabalar uchun 3-1 tizimi eng katta imkoniyatlar biri bo‘lsa kerak deb o‘z tilaklarini bildirdi. 
   Aziz talabalar! 
Faqat va faqat qattiq o‘qing, yuksak marralarni qo‘lga kiritishingizga tilakdoshman. Shuningdek, kirib kelgan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi bilan chin dildan tabriklayman. Mard, jasur yigitlarimiz oilasini va o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblashgan. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘la bo‘lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo‘lishi uchun har doimgidek o‘z kuch -g‘ayratingizni ayamang!

Bayramingiz muborak, Azizlar!!!

Hurmat bilan, Jenisbek Piyazov

Tadbirimiz mehmoni ushbu suhbatni aynan bayram kuni kanalga qo‘yishimizni iltimos qilgan edi.

2024-01-14 05-32

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi