Bektemir tumanida yangi “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat boshladi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan maktabning ochilish marosimida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektori Valijon Sa’diyev ham ishtirok etdi. 

 

 

Dastur davomida mas’ullar “Barkamol avlod” markazida bolalar uchun tashkil etilgan toʻgaraklar, jumladan, pazandalik, munchoqdoʻzlik, soch turmaklash, raqs, rassomchilik, komyuter savodxonligi, qoʻgʻirchoq teatr aktyorligi kabi sohalarni oʻrganishga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar faoliyatini kuzatdi. Xususan, zarur tavsiya va takliflar berildi. 

Shuningdek, tadbir doirasida bolalar tomonidan sahnalashtirilgan qoʻgʻirchoq teatri, turli sahna koʻrinishlari va raqslar tomoshabinlarga namoyish etildi. 

Mazkur maktab yozgi ta’til davomida bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli va samarali oʻtkazish, ularning kasb koʻnikmalarini toʻgʻri shakllantirish maqsadida tashkil qilindi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube